Uz otasini da’vat qlishda nima qilish kerak?
Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu Hazrat!Sizdek zotni bizga munosib ko‘rgan Alloh taologo behad hamdu sanolar bo‘lsin. Allohdan sizga va ahlingizga tinchlik va uzoq umr tilayman.Musulmonlar baxtiga sog‘-omon bo‘lib yuring. UStoz mening otam namoz o‘qimaydi, shu paytgasha o‘qimagan. Lekin juda kamtar, to‘g‘riso‘z va ko‘ngli ochiq inson. Ustoz, men dadamga bir necha marta namoz o‘qing demoqchi bo‘lganman, lekin jur‘at qilolmaganman, sababi u kishi menga o‘z otangga aql o‘rgatasanmi deyishidan cho‘chiganman. Qisqacha qilib aytganda men dadamning namoz o‘qishlarini Allohda har doim so‘rayman. Ustoz sizdan iltimos, mana shunday vaziyatlarda ishni nimadan boshlash kerakligini tushuntirsangiz, iloji bo‘lsa bosqichma-bosqich nima ishlar qilish kerakligini saboq bersangiz. Chunki bilamizki, har qanday odam namoz o‘qimasa baribir jannatga tusha olmaydi. Ustoz shu masalani batafsilroq yoritsangiz juda xursand bo‘lar edik. Alloh sizni o‘z panohida asrasin. Assalomun alaykum rahmatullohu va barakotuhu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Onangiz, otangizning qatta qarindoshlariga aytib otangizni namz o‘qishga chaqitiring.
4 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Onangiz, otangizning qatta qarindoshlariga aytib otangizni namz o‘qishga chaqitiring.
4 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar