Birovning xaqqini egan bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Men toshkentda universitetda o‘qiman, yotoqxonada turaman. Bizi yotoqxona dekabrda 28 chisloda yopildi, men dekabr oyiga to‘lov qiganman. Meni savolim shundan iboratki men o‘qishga 28-mart kuni keldim. Shu dekabr oyida turmagan 3 kun bilan mart turgan 3 kun bir biri bilan eyishtirvosa bo‘ladimi? Ya’ni dekabrda turmagan 3 kunim uchun martga to‘lov qimasam bo‘ladimi yoki to‘lamasam birovni xaqqini egan bo‘lamanmi? Ular o‘zlariga foyda bo‘lishi uchun xattoki turmagan fevral oyimizgayam to‘latmoqchi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishuv necha kunga tuzilgan bo‘lsa o‘shancha kun uchun to‘lov qilinadi. O‘sha kelishilgan kunlar tugamasidan avval shartnomani bekor qilishsa qolgan kunlar uchun to‘lovni qaytarib berishlari shartnomada ko‘rsatilgandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 Iyul 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 212 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar