Ribo bo‘lmaganmi
Assalomu alaykum! Menga tog‘am 3 milyon pup berishimni evaziga o‘z mehnati haqiga olgan erini yarmiga menga ekin ekishimga berishini aytdi. U er uzoqligi va meni dalada qarashga dehqonchilikga vaqtim yo‘qligini aytdim, tog‘am “yaxshi er 1 yarim tonna hosil beradi, begonaga ketmasin o‘zim ekib etishtiraman va sen donni dorisini olib berasan va pishganda uyimdan hosilni 1 tonna 500 kilo qilib olib ketasan” dedi. Men uncha qiynalasiz 1 tonna 400 kg bersayiz roziman dedim va pulni berdm. Rozi bo‘ldim, chunki pul zarur er ham yaxshi bo‘lsa senga bo‘lsin jiyan dedi. Berdim va dori va don-dunini ham olib berdim. Hosil pishdi va olib kelishga borganimizda shuni qoplab olinglar dedi, oldik torozi yo‘q ekan. Uyda tortib ko‘rdik 1 tonna chiqdi, 400 kg kam. Tog‘amga aytganimizda 400 kilo qarzman dedi va men o‘ylab qoldim bu ishim ribo bo‘lib qolmadimi? Qolgan 400 kilodan kechib yuborishim kerakmi, ribo qanday ekanligini oqibatlarini bilganimdan keyin shu ishim haqida o‘ylab qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yozganlaringizga ko‘ra, siz o‘sha erni ijaraga olgansiz va tog‘angiz sizning ishchingiz bo‘lib, ekiningizni etishtirib bergan bo‘lib chiqmoqda. Agar shunday bo‘lsa, tog‘angiz sizdan qarz bo‘lmasligi kerak. Bu oxirgi hukm emas. Tog‘angizning so‘zini ham eshitish lozim. O‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga uchrab, masalani batafsil bayon qilinglar. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:09 | Savol-javoblar | 136 | Moliya va tijorat