Dinsizlar bilan ishlash
Assalomu alaykum! Xitoy investorlari bilan ishlayman. Tarjimonlik qilaman. Bir inson “bu xitoylar musulmonlarga qattiq bosim o‘tkazipti va ular dini yo‘q, g‘ayri dinlar bilan ishlamang, joiz emas” dedilar. Ularni yurtida musulmonlarga qanday munosabatda bo‘lishayotkani sir emas! Shu voqealarni yonimizdagi xitoyliklardan so‘rasam “biz bilmaymiz, bu siyosat aralasha olmaymiz” diyishgan. Lekin bu ishlar oddiy biznesmen odamni qo‘lida emasku. Xitoylik investorlarimiz ham katta hurmat bilan qaraydi Islom diniga. Shu insonlar bilan ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shar’an harom ishlar aralashmasa, joiz. Sizga aytgan insonning taklifida ham jon bor. Ammo musulmon taraqqiyot qaerda bo‘lsa, o‘shani o‘zlashtirishga harakat qilishi kerak. Ularni ilmini taraqqiyotini o‘zlashtiring. Imkon bo‘lsa, o‘sha xitoylikni ham o‘zingizni axloqingiz va harakatlaringiz bilan da’vat qiling. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar