Qarz kassa

Assalomu alaykum! Bundan taxminan 18 yilcha oldin biz go‘shtga xisoblab kassa o‘ynaganmiz. O‘sha vaqtda go‘sht narxi adashmasam 900 (to‘qqiz yuz)so‘m edi. Bir kishini o‘sha vaqtda 12 kilo go‘shtni puli qolib ketgan. Shu pulni xozirgi go‘sht narxiga xisoblab olsam men uchun xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 12 kilo go‘shtni o‘zini oling. Keyin xohlasangiz sotib yuboring. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar