Shukr namozi haqida

Assalomu alaykum! Bir tanishimiz opamga shukr namozini 1-rakatda Ixlos surasi 13 marta, 2-rakatda 13 martami, 11martami o‘qiladi debdilar. Yana 3 marta sajda qilinadi, debdilar. Lekin man bu haqida bironta ma’lumot topolmadim, "qidirish xizmati" dan ham, shayx hazratlarining "Mo‘minning me’roji" da ham "shukru vuzu" haqida aytilgan, ammo yuqoridagidaqa ma’lumot yo‘q. Shuning uchun bularni qanday qabul qilishni bilmay qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tanishingiz noto‘g‘ri aytibdi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 332 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar