Qalbimda muhabbat paydo bo‘lmayabdi?
Assalomu alaykum! Oli Imron surasiga amal qilgan holda Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni sunnatlariga ergashyabman bilganimcha. Imom Navaviyning al azkor kitobning sunnatlarni yodlab 100-betiga yaqinlashdim. Alloh Qur’onda bilmasangiz zikr axli Dan so‘ragan degan. Allohni izni ila amriga bo‘yin so‘nib so‘rayman. Men qanday qilib qalbimda chinakam Allohni va Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga muhabbat paydo qilsam bo‘ladi. Qanday qilib Robbimga etishsam bo‘ladi? Kim shu yo‘lni menga o‘rgatadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuncha narsani o‘qishga, Alloh va rasuliga haqiqiy muhabbat qilishga harakat qilishingizni o‘zi muhabbat bo‘ladi. Bir kishi mashoyixlardan birining oldiga kelib “menga bir vazifani bering hayotimda o‘zgarish bo‘lsin” debdi. Shayx unga “Har kuni ming marta Alloh deb zikr ayt” debdilar. U kishi ketib, oradan bir yildan keyin shayxning huzuriga kelib “Har kuni qilsam ham bergan vazifangizdan menda hech narsa o‘zgarish bo‘lmadi” deganida, shayx “Senga har kuni ming marta ismini zikr qilishingni tavfiqini bergani bu sen uchun hech narsami” degan ekanlar. Talabi ilmda bardavom qilsin, ne’mat qilib bergan ilmiga amal qilishni nasib etsin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 163 | Ruhiy tarbiya