Gidrotsefaliya sabab homilani oldirish
Assalomu alaykum! Skrining tekshiruvi natijasida xomilada gidrotsefaliya mavjudligi aytilmoqda. Vrachlar bola sog‘lom bo‘lmasligini aytishmoqda. Bola kelajakda qiynalmasligi uchun xomilani oldirib tashlashni tavsiya qilishmoqda. Xomila 20 xaftalik. Bunday holatda nima qilish shariatga muvofiq bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Onaga o‘lim tahdidi aniq bo‘lmasa, Oldirmaslik kerak. chunki bu kabi tashxislarning 99.9% xato chiqib farzandlar sog‘lom tug‘ilishmoqda. Oldirish odam o‘ldirish hisoblanadi. Homila paydo bo‘lganda onaning tana a’zolarida yangilanish, yosharish va poklanish jarayoni boshlanadi. Homila tug‘ilmasdan oldin oldirib yuborishda bu jarayon to‘liq nihoyasiga etmasdan to‘xtatilgan bo‘ladi va yuqoridagilarning yuzga yuz aksini ona salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shimcha Allohning g‘azabini ham o‘ziga ottirib olgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush