Qabristondagi ehson va haq evaziga xatm qilish

Assalomu alaykum! Qabristonda exson qilish mumkinmasligini bilaman, lekin dadam qabristonda ehsonlarga ko‘p boradi. Qabristonda exson qilganlar dadamga xatmi Qur’on buyurishadi. Dadamga qabristonda exsonga borsa bo‘lmaydi deb ayta olmayapman. Dadamga buyurgan xatmi Qur’onni men o‘qiyman. Shuni o‘qisam men xam gunoxiga sherik bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haq evaziga xatm qildirish joiz emas. Agar evaziga haq olmasa xatm qilib o‘tganlarga bag‘ishlashda hech qanday gunoh yo‘q. Qabristonda ehson qilishning ham ikki tomoni bor. O‘sha qabristondagi biror ulug‘ zotga atab jonliq so‘yib ehson qilinsa bu joiz emas. Birortasi xalqqa osh bersa, nochorlarni duosini olaman desa bu joiz. Aslida o‘sha ehsonini nochorlarning uylariga tarqatib qo‘yishi eng afzali bo‘ladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar