Baqara surasining 57-oyati xaqida
Assalomu alaykum! 57. Shuningdek, ustingizga bulutlarni soyabon qildik, samoviy noz-ne’matlar va (pishirilgan) bedanalar nozil etib, "Sizlarga rizq sifatida berilgan pok narsalarni englar" (dedik). Ular (Isroil avlodi) Bizga zulm qilmadilar, balki o‘zlarigagina zulm qildilar. Izoh: Samoviy noz-ne’matlar deb tarjima qilingan bu so‘zning arabchasi Qur’onda "mann" lafzi bilan keltiriladi. Ruscha "manna", ya’ni un. Savolim quyidagicha: manna oltin kunkuni bo‘lishi mukunmi chunki oltin kukuninu istemol qilsa miyadagi epifez bezini yaxshi ishlashini taminlarkan va qon tomirlarni tozalarkan odam DNKasini qayta tiklanishiga tasir ko‘rsatarkan va u kukun juda qimmat ekan. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tafsirlarda mann so‘zini turlicha tafsir qilishgan, aksari shirinlik deganlar. Ammo birortasida uni oltin kukuni deb qilinganiga ro‘baro‘ bo‘lmadik. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 155 | Qur’oni karim