Vinerlik haqida

Assalomu alaykum! Hozirda aktyorlikning vine sohasi O‘zbekistonda rivojlanib bormoqda. Vine bu odamlarni kuldirish uchun hayotiy, kulguli voqealarni rol o‘ynab videoga olishdir. Albatta so‘kinish va gunoh ishlarni qilmasdan. Savolim odamlarni kuldirish uchun rol o‘ynab vine video olish shariatimizga to‘g‘ri keladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ بَهْزِ بْنِ حَكِيمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ   قَالَ: وَيْلٌ لِلَّذِي يُحَدِّثُ فَيَكْذِبُ لِيُضْحِكَ بِهِ الْقَوْمَ، وَيْلٌ لَهُ وَيْلٌ لَهُ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Bahz ibn Hakimdan, u otasidan, u bobosi roziyallohu anhumdan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qavmni kuldirish uchun yolg‘on gapiradiganning holiga voy bo‘lsin! Voy bo‘lsin! Voy bo‘lsin!» dedilar».«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.Sharh: Bundan hazil-mutoyiba yo‘li bilan ham, odamlarni kuldirish uchun ham yolg‘on gapirib bo‘lmasligi kelib chiqadi. Ha, hazil-mutoyiba yo‘li bilan ham, odamlarni kuldirish uchun ham faqatgina rost gapirish lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 162 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar