Qimor hisoblanadimi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men talabaman Xudoga shukur. Fan o‘qituvchilarimizdan biri bizlarni darsga qiziqtirish va yaxshi o‘zlashtirishimiz uchun har bir darsga 2-4 ta talabaga mavzuning ayrim qismini bo‘lib beradi va talaba shu qismni prezintatsiya qilib yuritib beradi. keyin esa ovozga qo‘yiladi. eng yaxshi prezintatsiya qilib mavzuni yoritib bergan talabaga mukofot beriladi. mukofot esa guruxdagilardan yig‘iladi. yani yutqazib qo‘ygan 2-3ta talabadan ham. bu qimorning belgisi albatta. savolim shuki agar prezintatsiya qilgan talabalar pul bermasa va guruxning qolgan talabalaridan pul yig‘ilib g‘olibga berilsa bu qimor bo‘lmaydimi? Javoblaringizda mukofot 3-shaxs tarafidan bo‘lsa qimor emas degan manodagi javobni o‘qigandim. lekin bu erda 3-shaxs ko‘pchilik bo‘lgani va bu safar prezintatsiya qilganlar keyingi safar tomoshabin bo‘lishi va g‘olibga pul bergani uchun so‘rashga axd qildim. javobingiz uchun katta rahmat. Alloh ishlaringizga rivoj bersin. Joiz topsangiz telegram tarmogiga ham joylasangiz hursand bo‘lar edik. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qimorga kiradi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qimorga kiradi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom