Qurbonlikni (ichuvchi) o‘g‘lim nomidan ado etish
Assalomu alaykum! Mani o‘g‘lim ichkilikga berilgan, xech qaerda ishlamas edi. man pensioner 1million 114 ooo so‘m pensiya olaman. katta o‘g‘lim zakot berdi. lekin pulni manga berdi ukamga deb. man uni uy ro‘zg‘orga, zarurat bo‘lgani o‘g‘limni dori darmoniga shifokorga ishlatdim(bemorligida) pul zakotni nisobiga etadi. endi o‘g‘lim ishga kirdi ishlavotdi 2 500 000 so‘m oylik olvatdi. Ammao katta summada puli borligini aytolmaymanki, ichkilikdan. butunlak qutilganiga ishonmayman. endigina 4 oy bo‘ldi ichmiyotganiga. savolim:-Kurbonlikni kichik o‘g‘lim(ichuvchi o‘g‘lim nomidan) ado etsam bo‘ladimi? 2) Bultur xam xuddi shunday bo‘lib edi, ammo qurbonlik qilmagan edim(ikkilangan edim) Uning uchun xam bu yil 2ta qo‘y so‘yiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Uka nisob miqdoridagi mulkga ega bo‘lmasa, ya’ni zakot olishga haqdor kambag‘allardan bo‘lsa akaning zakotini olishi mumkin. Ammo zakot durust bo‘lishi uchun u ukaning qo‘liga mulk qilib berilishi kerak. Siz zakotni o‘sha kichkina o‘g‘lingizga topshirmaguningizcha u ado qilingan hisoblanmaydi va katta o‘g‘lingizning mulkiligicha qoladi.2). Kichik o‘g‘lingiz toki o‘sha pulni qo‘liga olmagunicha nisob egasi hisoblanmaydi. Nisobi yo‘q kishiga qurbonlik ham vojib emas. Vallohu a’lam!
9 Oktabr 2023, 19:11 | Savol-javoblar | 0 | Administrator