Ortiqcha narxda sotilgan molning hukmi haqida
Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuh, Shayx Hazratlari!Ustoz men 1-2 yil oldin bir do‘konda (chet el kiyimlarini sotadigan) ishlagan edim, ba’zida do‘kon egasi aytgan narxdan yuqori narxda sotganman va o‘sha ortiqcha pulni o‘z ehtiyojim uchun ishlatganman. Va bu pullar aniq qanchaligini bilmayman. Bu do‘kondan ishdan bo‘shayotganimda do‘kon sohibi mening 20 kunlik ish haqimni bermadi, buni sababi o‘sha do‘kondagi mollarning inventarizatsiya qilinganda etishmaganligi va bunda mening qo‘lim bor deb shubha qilishi bo‘ldi. Aslida esa men bu ishni qilmaganman. Ustoz mana shunday holatda men molni narxidan ortiq sotganim va bu ortiqcha pullarni o‘z ehtiyojim uchun ishlataganim to‘g‘rimi? Ya’ni menga nohaq berilmagan oyligim, o‘sha ortiqcha narxdan ishlangan pullarning o‘rniga o‘tadimi? (Lekin men ortiqcha narxga sotib ishlagan pullar oyligimdan ko‘p), yoki o‘sha ortiqcha pullarni taxminiy hisoblab egasiga berishim lozimmi? Javobingiz uchun oldindan juda minnatdorman .Alloh sizni o‘z panohida asrasin.Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Molni narxidan ortiq sotish va bu ortiqcha pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatish to‘g‘ri emas. Mol egasi bilan ochig‘ini aytib, orani ochiq qilish kerak.
5 May 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar