Qarzga egulik

Assalomu alaykum! Qarzga egulik olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Qarz joiz bo‘lishi uchun hanafiy mazhabi ulamolari «Qarzga berilayotgan narsa misliy bo‘lishi (ya’ni litrlab, kilolab, metrlab o‘lchasa bo‘ladigan, misli bor narsa bo‘lishi) shart», deganlar, chunki qarzga nima berilgan bo‘lsa, uning ayni mislini qaytarib berish lozimdir. , يصح القرض في الأعيان المثلية وهي التي لا تتفاوت آحادها تفاوتا تختلف به قيمتها , كالمكيلات والموزونات والمعدودات المتقاربةMisliy narsalarni qarzga berish durust. Misliy narsa deb litrlab, kilolab, sanab, metrlab o‘lchanadigan narsalarga aytiladi. Shunga binoan, hanafiy mazhabida misliy bo‘lmagan, qiyamiy, ya’ni yuqoridagi o‘lchovlarga tushmaydigan, qiymati orqali aniqlanadigan narsalarni qarzga berish durust bo‘lmaydi. Masalan, mol, qo‘y, tuya va ot kabilarni qarzga berish joiz emas. لا يصح القرض في القيميات , وهي التي تتفاوت آحادها تفاوتا تختلف به قيمتها  Qiyamiy narsalarni qarzga berish durust bo‘lmaydi. Ularning jussasi, shakli bir-biridan farq qilgani uchun qiymatlari orasida ham tafovut bo‘ladi. Biroq, Shofi’iy va hanbaliy mazhabi ulamolarining nazdida hayvonlar, jonivorlar kabi qiymati ma’lum bo‘lib, misliy bo‘lmagan narsalarni qarzga berish joizdir.Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar