Telefondagi kompasga qarab namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men telefonimdagi Muslim Pro ilovasidagi kompas ko‘rsatgan tarafga qarab namoz o‘qiyotgan edim. Keyin bilsam quyosh boshqa tarafga botayotgan ekan. Bu xolda quyosh botayotgan tarafga qarab namoz o‘qishim kerakmi? Bu ilovaga ishonib bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyosh botayotgan tarafga qarab o‘qishingiz kerak degan joyi yo‘q. Aksincha qiblaga qarab namoz o‘qing deyilgan. Ba’zi joylarda qibla quyosh botadigan tomonda, ba’zi joylarda esa qibla quyosh chiqadigan tomonda bo‘ladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar