Ayol kishi chet davlatda ishlashi

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ba’zi ayollar eri topgan pulga qanoat qilmay, ba’zilari esa eri pul topmaganidan chet davlatda borib ishlashyapti. Masalan eng ko‘p Turkiya va Isroil davlatlariga. Ayol kishi chetda yurib ochiq sochiq kiyimlar shimlar kiyib chetda ishlashadi. Erlar bu erda farzandiga qarab ayol topgan pulga uy joy qilib, eb ichib uyda utradi ba’zilar albatta hamma emas. Bunday ayollarga shariy tomondan qandaydur hukm bormi? Va chetda ishlashlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishining ta’minotini eri qilish kerak. Agar ayol shariatga muvofiq erining roziligi bilan bir ishda ishlab oilaga yordam qilaman desa zarari yo‘q. Lekin bu majburiyat emas. Erining topganiga qanoat qilmay ishlashi ham joiz emas. Eri ishlashga majbur qilishi ham mumkin emas. Chet davlatda, ochiq-sochiq ishlashi esa hech qanday holatda mumkin emas. Agar shunday holat bo‘lsa, eri gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:14 | Savol-javoblar | 141 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar