Xadisdagi sevaman degan so‘z

Assalomu alaykum! Xurmatli Ilim Axli. Men bermokchi bulgan savolim ixtilof tufayli. Hazrati Oisha r.a Payg‘ambarimiz s.a.v dan so‘radilar: -"Ey Allohning Rasuli, meni sevasizmi?" -"Xa Oisha, sevaman!" -"Meni qanchalik sevasiz? "Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam javob berdilar: -"Ilk kungi kabi, ilk ko‘rganim kabi sevaman"... Bu javobdan Hazrati Oisha r.a onamiz juda xursand bo‘lib ketdilar... Hazrati Oisha roziyallohu anho aytadilar:" Payg‘ambarimiz bilan birga o‘tirgan edik, birdan shovqin ovozlarini eshitib. Ular qaradilar, bir xabashiy tomosha ko‘rsatayotgan edi, odamlar atrofini o‘rab olgandilar. Menga: " Oisha kel, qara" dedilar. Oyog‘imni qo‘llari orasiga qo‘ydim va tomosha qilishni boshladim. Birozdan so‘ng, "To‘ymadingmi Oisha?" dedilar... Men xam menga bo‘lgan xurmatlarini ko‘rishuchun "yo‘q" deyaverdim.. Charchaganlaridan oyoqlarini qimirlatayotganlarini xam bildirmasdilar". Buxoriy rivoyati. Shu hadisdagi sevaman lafzi qanchalar to‘g‘ri? Umuman shu hadisni to‘liq matni qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Sahihul Buxoriy" kitobida bu hadis quyidagicha kelgan. MASJIDDAGI NAYZABOZLAR HAQIDAحَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ سَعْدٍ، عَنْ صَالِحٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي عُرْوَةُ بْنُ الزُّبَيْرِ: أَنَّ عَائِشَةَ قَالَتْ: لَقَدْ رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  يَوْمًا عَلَى بَابِ حُجْرَتِي، وَالْحَبَشَةُ يَلْعَبُونَ فِي الْمَسْجِدِ، وَرَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَسْتُرُنِي بِرِدَائِهِ، أَنْظُرُ إِلَى لَعِبِهِمْ  Oisha roziyallohu anho aytadi:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hujramning eshigi oldida turgan edilar, masjidda esa habashlar o‘yin qilishayotgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ridolari bilan to‘sib turar, men ularning o‘yinlarini tomosha qilar edim». زَادَ إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ: حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي يُونُسُ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: رَأَيْتُ النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَالْحَبَشَةُ يَلْعَبُونَ بِحِرَابِهِمْ  Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Habashlar nayzalari bilan o‘yin qilishayotgan edi...»

Izoh: Bu erda yuqoridagi hadis boshqa bir roviy tarafidan «nayzalari bilan» degan qo‘shimchasi bilan rivoyat qilingan. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 139 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar