Avtohalokat

Assalomu alaykum! Bir odam behosdan mashinada piyodani urib yuborsa va piyoda vafot etsa, urib yuborgan odamga u insonni o‘ldirganlik hukmi yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xatodan o‘ldirganlik hukmi bo‘ladi. Avvalo 60 kun ro‘za tutish va xunini to‘lashi vojib bo‘ladi. "Kifoya" kitobida quyidagicha berilgan:
Bu qatlning hukmi ham albatta, aniq dalillarga asoslangan.
Alloh taolo "Niso" surasida:  وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلاَّ خَطَئًا وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَئًا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَى أَهْلِهِ إِلاَّ أَن يَصَّدَّقُواْ «Mo‘min mo‘minni o‘ldirishi mumkin emas. Faqat yanglishib (o‘ldirsa, mustasno). Kimki mo‘minni yanglishib o‘ldirib qo‘ysa, bas, unga bir mo‘min qulni ozod qilish va (o‘lganning) ahliga taqdim etiladigan xun (vojibdir)», degan (92-oyat). عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: فِي دِيَةِ الْخَطَإِ، عِشْرُونَ حِقَّةً، وَعِشْرُونَ جَذَعَةً، وَعِشْرُونَ بِنْتَ مَخَاضٍ، وَعِشْرُونَ بِنْتَ لَبُونٍ، وَعِشْرُونَ بَنِي مَخَاضٍ ذُكُوراً. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xato tufayli odam o‘ldirishning xuniga yigirmata hiqqa (uch yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata jaza’a (besh yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata binti maxoz (bir yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata binti labun (ikki yoshli urg‘ochi tuya) va yigirmata banu maxoz (bir yoshli erkak tuya)», dedilar». «Sunan» egalari rivoyat qilishgan. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قُتِلَ فِي عِمِّيَّا فِي رَمْيٍ، يَكُونُ بَيْنَهُمْ بِحِجَارَةٍ، أَوْ بِالسِّيَاطِ، أَوْ ضَرْبٍ بِعَصًا، فَهُوَ خَطَأٌ، وَعَقْلُهُ عَقْلُ الْخَطَإِ، وَمَنْ قُتِلَ عَمْدًا، فَهُوَ قَوَدٌ، وَمَنْ حَالَ دُونَهُ، فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ وَغَضَبُهُ، لَا يُقْبَلُ مِنْهُ صَرْفٌ وَلَا عَدْلٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ  Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim to‘s-to‘polon ichida o‘zaro tosh otish, qamchi yoki aso bilan urish asnosida qatl etilsa, xato hisoblanadi. Uning xuni xatoning xunidir. Kim qasddan o‘ldirilsa, qasos olinadi. Kim buni to‘smoqchi bo‘lib nizo qilsa, unga Allohning la’nati va g‘azabi bo‘lur, undan farz ham, nafl ham qabul qilinmas», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Moja rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar