Ikkinchi hidoyat

Hazrat Allohsizdan Rozi bo‘lsin. Yangi kollejga kirgan vaqtimda Namozga qiziqib qoldim avval Jum‘a namozalariga bordim keyin hamma namozlarni o‘qishga intildim. Biroz vaqtdan keyin qo‘limga sizning ‘Hadis va Hayot" kitobingiz tushib qoldi va men unga qiziqib qoldim. kitobdagi olgan ilmlarimga amal qilishga intila boshladim. Alloh menga Islom sababli ko‘p manfaatlar berdi. bunda onamni ko‘p hissasi bor U kishi meni tushunib ko‘p narsaga sharoit yaratib berdi. o‘sha vaqtlarda hatto bir ish qilmoqchi bo‘lsam yoki biron holatga munosabat bildirmoqchi bo‘lsam avval Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bunga nima degan bo‘lardi deb o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. keyin Institutga tayyorlana boshladim. dastlab Qur‘on o‘qishni to‘xtattim keyin butunlay izdan chiqib kettim. Alhamdulillah yana Alloh menga hidoyat berdi lekin Oldingi duyoqarashdan asar ham qolmabdi. Dinimi unutib yuboribman lekin har qanday vaziyatda ham Namozni qoim qilishga intildim. Islomga amal qilganimda yomonlik deb yurgan narsalarim ham yaxshilik bo‘lib chiqardi Islom menga bergan manfaatni umuman qiyosi yo‘q. xozir "Hadis va hayot" 35-juz va "Ruhiy tarbiya" 2-juzini tavba boblarini o‘qib chiqib Tavba qildim Hazrat yaqinda uylanish niyyatida yuribman. Menga, Ota-Onamga Duo qiling va Alloh menga Ahli solih va ko‘zlarimi quvontiradigan ahl bersin. Hazrat Sizga ham Alloh O‘ng taraflilar qatorida bo‘lishligingizni nasib qilsin. Hazrat men sizni Alloh uchun Yaxshi ko‘raman har doim sizga Duo qilaman. Siz sababli (kitoblaringiz, Ilmingiz) Alloh menga Ikki martta Hidoyat nasib qildi. buning uchun sizga tashakkur izhor etaman. vaqtingizni olganim uchun uzr. Hurmat bilan Jasurbek.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo siz so‘ragan narsalardan ham afzallarini, yaxshilarini ato qilsin!

5 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar