Iymon va gunoh

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar oldingi savollarimga javob berganingizdan xursandman. Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin. Savolim: Mymon chiqib turadigan gunohlar bor, vallohu a’lam zino va hakozolar. Inson shu gunohlarni qilayotganida iymon ko‘tarilib turadi. Agar shu paytda o‘lib qolsa, inson abadiy do‘zaxda qoladimi? Shu gunohni qilishdan oldingi iymoni nima bo‘ladi? Takroriy savol bo‘lsa uzr so‘rayman. Noto‘g‘ri gapirgan bo‘lsam Allox kechirsin. Javobingizni intizor bo‘lib kutib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uning holi Alloh taoloning O‘ziga havola qilinadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:44 | Savol-javoblar | 158 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar