Oilaviy muammoga echim topib bering iltimos
Assalomu alaykum! Gapni nimadan boshlashga xam xayronman. Turmush qurganimga 2 yil bo‘ldi, befarzandman. Ayolimni feli qaysar, kerakli muolajalarni oldik xamki natija yo‘q. Ayolimga “xammasi Allohdan sabr qilsak bo‘ladi” deb sabrda yashab turgan edik. Ayolimning yurish turishi, ro‘zg‘or tutishi ota onamga yoqmaydi. Ular ajrashasan deb shart qo‘yishgan. Oxirgi paytlarda ayolim bilan sal narsaga janjallashadigan bo‘lib qolaverganimiz uchun xar ikki gapni orasida ayolim ajrashaman degan odat chiqarib olgan edi. Men “mayli ajrashsang man majburlab yashamiman, javobing o‘zing bilan” deb aytganimdan keyin “ajrashmiman yashayman” deb yana boshqacha gap qilyabdi. Gapning qisqasi asosiy ota-onamning ayolim bilan yashatmasligini sababi ayolim onamga nisbatan yoshlik qilibmi yoki bilib turibmi tuxmat qilgan va ortiqcha ko‘chadagi odatiy mayda chuyda gap so‘zlar sabab ota-onam yashashimga qarshi. Bu orada ayolim uyiga ketib qolib 1 oyda qaytib kelib kechirim so‘rab oilamizga qabul qilishlarini va pushmon ekanini aytmoqda. Ota onam o‘z so‘zida qattiq turib, yashatmaymiz deyishyabdi. Balki bir bora kechirarmiz yana bir marotaba tarbiya qilib yashab ko‘rarmiz yaxshi bo‘lib ketar desam bizdan xafa bo‘lma biz qabul qilmaymiz deb ayolimni uyiga qaytarvorishdi. Bunday xolatda qanday yo‘l tutay? Ota-onam roziliginimi yoki oilam mustaxkamliginimi? Alloh rozi bo‘lsin, javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Mayli ajrashsang man majburlab yashamiman javobing o‘zing bilan” degan so‘zingiz bilan shar’an taloq tushadi. Biroz sabr qiling va Allohga duo qilib turing, O‘zi bir yo‘lga boshlaydi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Mayli ajrashsang man majburlab yashamiman javobing o‘zing bilan” degan so‘zingiz bilan shar’an taloq tushadi. Biroz sabr qiling va Allohga duo qilib turing, O‘zi bir yo‘lga boshlaydi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush