Ukamning o‘g‘liga zakot berish
Assalomu alaykum! Ukam 38 yoshida qazo qilib, undan 12 yashar o‘g‘il etim qolgan edi. Shu bola hozir 25 ga chiqib kuzda uylanyapti. O‘zi Koreyaga ishlagani ketgan, 2 yil bo‘lib qoldi. Uyiga onasiga uylanish uchun 400-500 dollar yuborib turar ekan. Uni ham ba’zi narsalarga ishlatib bo‘lib, hozirgi vaqtda pul etishmayotgan ekan. Onasi o‘zi uyda mashina chexolini tikib sotadi. Shu jiyanimga xo‘jayinim to‘yonadan tashqari 700 dollar zakotini jiyanimga to‘yga ishlatishga bersalar to‘g‘ri bo‘larmikin? Kelinimiz ajrashib ketgan edi. Bola etimlikda o‘sgan. Ularda qancha puli borligini men bilmayman lekin. Mendan pul so‘rashdi etishmovchiligimiz ko‘p deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haromga ishlatmaydigan bo‘lsa va zakot olishga haqdor bo‘lsa, shar’an joiz. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 136 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haromga ishlatmaydigan bo‘lsa va zakot olishga haqdor bo‘lsa, shar’an joiz. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 136 | Zakot