Bu duoni Allohni zikr qilib, undan panoh tilab aytib yurilsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Baqara surasining 18-oyati "Summun bukmun ’umnun faxum laa yarjiuun" deb o‘qilar ekan. (Vallohi A’lam) Shu duoni o‘qib yurilsa Alloh yaratgam jamiki mavjudot va maxluqotlarning zarari va zulmidan panohda bo‘lar ekan. Shu rostmi? Bu duoni Allohni zikr qilib, undan panoh tilab aytib yurilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha ta’lim berganlar. عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ قَالَ بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ، قَالَ: فَأَصَابَ أَبَانَ الفَالِجُ، فَجَعَلَ الرَّجُلُ الَّذِي سَمِعَ عَنْهُ الْحَدِيْثَ يَنْظُرُ إِلَيْهِ، فَقَالَ لَهُ: مَا لَكَ تَنْظُرُ إِلَيَّ! فَوَاللهِ مَا كَذَبْتُ عَلَى عُثْمَانَ، وَلَا كَذَبَ عُثْمَانُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَلَكِنِ الْيَوْمُ الَّذِي أَصَابَنِي فِيْهِ مَا أَصَابَنِي غَضِبْتُ فَنَسِيْتُ أَنْ أَقُولَهَا. رَوَى هَذِهِ السِّتَّةَ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
Abonga falaj etdi. Undan yuqoridagi hadisni eshitgan kishi unga qaray boshladi. Shunda Abon unga:
«Nimaga menga 
(bunday) qarayapsan?! Allohga qasamki, men Usmonga yolg‘onni nisbat berganim yo‘q. Usmon ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yolg‘onni nisbat bergani yo‘q. Ammo menga musibat etgan kuni g‘azablanib, uni aytishni unutibman», dedi».
Ushbu oltitani «Sunan» egalari rivoyat qilganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَوِّذُ الْحَسَنَ وَالْحُسَيْنَ يَقُولُ: أُعِيذُكُمَا بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِنْ كُلِّ عَيْنٍ لَامَّةٍ، ثُمَّ يَقُولُ: كَانَ أَبُوكُمْ يُعَوِّذُ بِهِمَا إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحاَقَ عَلَيْهِمُ السَّلَامُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ صَحِيحٍIbn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynga panoh tilab:«U’iyzukumaa bikalimaatillahit-taammati min kulli shaytonin va haammatin. Va min kulli aynin laammatin» der va so‘ngra:«Bobongiz bular ila Ismoil va Ishoq alayhimussalomga panoh tilar edi», der edilar». Abu Dovud va Termiziy sahih sanad ila rivoyat qilganlar.Sharh: Duoning ma’nosi bunday: «Ikkingizga Allohning tugal kalimalari ila har bir shaytondan va zararkunandadan hamda gunohkor ko‘zdan panoh tilayman». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning «Bobongiz bular ila Ismoil va Ishoqqa panoh tilar edi», deganlari «Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil va Ishoq alayhimussalomga xuddi mana shu duo ila panoh so‘rar edi», deganlaridir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

7 May 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar