Ko‘chirmachilik hukmi
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Ma’lumki oliy ta’lim muassalarida oraliq, yakuniy nazorat ishlari (talabalar bilimini baholash uchun) o‘tkaziladi va ularning natijalariga qarab talabalarga stipendiya chiqariladi. Agar shunday nazoratlarda talaba ko‘chirmachilik (kitobdan, Internetdan, boshqa birovdan) qilsa va natijada yuqoriroq ball olsa, o‘sha ballga ko‘ra oladigan stipendiyasining hukmi qanday (halol, yoki harom, makruh, muboh)?? Aniqroq va batafsilroq javob berishingizni iltimos qilamiz. Agar savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom yo‘l bilan qilinganni harom, makruh yo‘l bilan qilingani makruh bo‘ladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 170 | Ta’lim va muta’allim