Jum’a bayrami bilan tabriklash haqida

Bizning ulkamizda musulmon yaqinlarimizni Jum’a bayrami bilan tabriklash savobli amalmi yoki bu jaxannamga olib boruvchi bid’atmi? Axir bunda ulkamiz musulmonlariga Jum’ani bayram va fazilatli kun ekanligini targib va tushuntirish ma’nosi ham bor-ku. Bu savolim bir birodarimni Jum’a bayrami bilan tabriklaganimdan sung uning menga kuyidagi shaklda javob bergani sabab bo‘ldi: ""Juma muborak"- deb tabriklashning hukmi haqida sheyx ibn Boz roximaxullohning fatvolari. Savol: kishilarning xar juma kuni bir birlariga "Juma muborak bo‘lsin" deb aytishlarining hukmi nima, ma’lumki, bu jumla insonlar orasida keng yoyilgan. . . . ? Alloh sizni barcha yaxshiliklar bilan mukofotlasin! Javob: Allohga xamdu sanolar, allohning rosuli va u kishining axli oilalariga va asxoblariga salovatu salomlar bo‘lsin. Shundan sung aytamanki, musulmon kishi uzining musulmon birodariga juma namozidan sung yoki xar juma kuni "juma muborak" deb aytishi xususida na Rosululloh s. A. V. Va na saxobai kirom bu amalni sunnat deganlarini bilmaymiz va biror bir ilm axli ham bu amalni mashru’ deb aytishmagan. Shunga kura bu-dinda paydo kilingan bid’at bo‘lib, ayniksa, unga sunnat deb e’tikod qilib, ibodat makomida amal qilish mumkin emas. Nabiy s. A. V. Dan sobit bo‘lgan xadisda u kishi s. A. V. Aytdilar: «Kim bizning bu ishimizda (ya’ni dinimizda) undan bo‘lmagan narsani paydo qilsa, u rad qilinadi» (Muttafaqun alayh). Bir rivoyatda: «Kim biznikidek bo‘lmagan bir ishni qilsa, u rad qilinadi» (Imom Muslim rivoyati). Ammo musulmon kishi uz birodariga buni sunnatda sobit bo‘lgan deb xisoblamasdan, bu amalda davomli bulmagan xolda fakat duo ma’nosidagina goxida aytadigan bo‘lsa, buning zarari yo‘q deb umid kilamiz. Ammo bu- sunnatda sobit bo‘lgan narsaga uxshab kolmasligi uchun uni tark qilgan afzaldir. "
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Musulmon kishi o‘z birodariga buni sunnatda sobit bulgan deb hisoblamasdan, bu amalda davomli bo‘lmagan holda faqat duo ma’nosidagina gohida aytadigan bo‘lsa, zarari yo‘q.

20 Aprel 2022, 19:26 | Savol-javoblar | 222 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar