Qilayotgan kasbim halolmi?

Assalomu alaykum! Ismim Sanjar yoshim 24da va man sistemnыy administrator lovozimida faoliyat yuritaman. Mani qiladigon ishim korxonadagi kompyuterlarni ishchi xolatini saqlash va tamir talabdagilarni tamirlash. Buni amalga oshishida biz IT(aytishniklar) litsenziyasi «piratskiy» bo‘lgan Microsoft office va Windows va albatta  kalitlari «piratskiy» bo‘lgan 1 oylik NOD32 antiviruslarini ishlatamiz. Microsoft office va Windows larni litsenziyasini sotib olish qimmatga tushadi va shundoqqina oldimizda tekini turganda litsenziyaga kam insonlar qaraydi. Antivirusni bo‘lsa ba’zi firmalar olishadi, shunday bo‘lsa xam juda ko‘pchilik shunday ishlatadi. Bu qilvotgan ishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mualliflik huquqiga rioya qiling. Lekin bir narsani o‘zingiz sotib olsangiz uni ko‘paytirib tijorat maqsadida sotmasangiz bo‘ldi. Kimgadir hadya qilishingiz yoki o‘zingiz uchun undan nusxa ko‘chirishingiz joiz. Mualliflar o‘ta darajada chegaralashlari shariatga muvofiq emas. Vallohu a’lam! Muhammad Taqiy Usmoniy “Fiqhul buyuu’” kitobi.

27 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar