Qurbonlikka atalgan qo‘y puli

Assalomu alaykum! Farzandim 1 yildan beri dardman bo‘lib qoldi. Shifo topmayamti. Bir qo‘y so‘ydiraman deb niyat qilgan edim. Qo‘y pulini yig‘dim. Shu pulni muxtojlarga bersam bo‘ladimi yoki qo‘y so‘ydirishim lozimmi? Bemor farzandlarga shifo topilishi uchun qo‘y so‘ydirish joizmi? Buning qoidalarini tushuntirsangiz, iltimos. Shifo topishi yo‘llari 9 bo‘ladi deyiladi. Bu qanday yo‘llar. Iltimos, tushuntirib bering. Farzandim 16 yoshda. Diagnozi og‘ir nevroz. Qiynalib kettim. Maslaxatingizga muxtojman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nazr qilgan bo‘lsangiz, so‘yib hammasini tarqatasiz. Unday bo‘lmasa, pulini faqir-miskinlarga berib yuboring. Dinimizda shifo uchun deb jonliq so‘yish yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar