Kreditga (tovar) mol sotish

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin. Savolim quyidagicha: Do‘stim maishiy texnika va boshqa xo‘jalik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanadi. Yaqinda meni ham o‘z biznesiga sarmoya kiritib sherik bo‘lishimni taklif qildi. Lekin bir masalada do‘stim bilan biroz bahslashib qoldik. Dustim ko‘p hollarda moli (maishiy texnika, telefonlar va h.k.) ni pulini bo‘lib to‘lashga yoki bankdan xaridor nomiga kredit rasmiylashtirib to‘lashga sotadi. Albatta bo‘lib to‘lash yoki bank krediti orqali sotilgan tovar narxi naqd pulga sotiladigan narxidan ancha qimmatroq bo‘ladi. Ya’ni tovarning narxi naqd pulga 1.000.000 so‘m bo‘lsa, do‘stimning o‘ziga qanchadir muddat ichida bo‘lib to‘lash yoki bank orqali kredit orqali to‘lansa bu narx 1’500’000 so‘m bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda, ya’ni xaridor bankdan hech qanday kredit rasmiylashtirmasdan ma’lum bir tovar uchun uning haqqini do‘stimga bo‘lib to‘lashga kelishsa bu shar’an joiz bo‘ladi deb bilaman. (Masalan, 1 mln so‘mlik tovarni do‘stim pulini ma’lum muddat ichida bo‘lib to‘lash sharti bilan 1.5 mln so‘mga sotsa). Hurmatli ustozlar, shu ikkinchi Lekin ikkinchi holatda, ya’ni 1 mln so‘mlik tovarni xaridor nomiga 1.5 mln so‘m miqdorida bankdan kredit rasmiylashtirib sotsa bu joiz emas deb aytdim. Sababi, bu erda tovar sotuvchi (do‘stim) tovar uchun pulni vaqtida, kerak bo‘lsa oldindan olyapti (bank tovar uchun do‘stim hisobiga pulni oldindan o‘tkazyapti, do‘stim pul tushgandan keyin tovarni beryapti), va sotuvchi bu holatda hech qanday risk (tavakkalchilik) qilmayapti. Shunday ekan nega naqd pulga 1 mln so‘mga sotayotgan tovaringizni nega 1.5 mln so‘mga sotyapsiz? Axir pul sizga bank tomonidan bir yo‘la to‘laligicha to‘lanyaptiku, riskni bank qilyapti, siz emas deb aytdim. Xaridor pulni bo‘lib to‘laydi, lekin tovarning egasiga emas bankka to‘laydi. Bu ikkinchi holatdagi savdo xaridorni chalg‘itish, uning vaziyatidan yoki soddaligidan foydalanishga o‘xshab qolyapti mening nazarimda. To‘g‘ri, xaridor har ikki holatda ham tovar pulini bo‘lib to‘laydi, lekin birinchi holatda 1.5 mln so‘mning o‘zini bo‘lib to‘laydi, ikkinchi holatda 1.5 mln so‘mga bankning foizini ham qo‘shib to‘laydida. Shu boisdan buni shar’an nojoiz bo‘lsa kerak deb hisoblayapman. Shu boisdan hurmatli ustozlar, ikkinchi holatdagi savdo haqida aniq javobingizni bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir inson boshqa bir insonni sudxo‘rlikka qo‘l urishiga sababchi bo‘lsa masalan “siz narsa sotsangizgina sudxo‘rlikka pul olaman bo‘lmasa olmayman” desa siz uni olishiga sababchi bo‘lsangiz gunohiga ham sheriksiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar