O‘z kasbimizni qilsak odamlar norozi
Assalomu alaykum! Ishim bir katta fabrikada kamera va ichki nazorat bo‘limida nazoratchi bo‘lib ishleman. Fabrika anchagina katta, odam ko‘pligi sababli ichki tartib va ishchilarni kuzatuv kameralar orqali nazorat qilamiz. Bizni vazifamiz ishchilar uxlab qolsa yoki ichki tartibni buzish xolatlari bo‘lsa boshliqlarga rasm va videoga olib ko‘rsatamiz. Keyin boshliqlar tartib buzgan ishchilarga chora ko‘rishadi. Bazilarini oyligidan kesiladi, bazilar ishdan xam xaydalib ketadi. Shu ishchilar bizdan norozi bo‘lishadi. Biz xam boshliqlarni buyrug‘ini bajaramizku. Shunga nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval ularni biroz ogohlantiring. Insoniylik tabiati, gohida charchash, gohida beixtiyor uyqu kelishi bor narsa. Ogohlantirsangiz ham beparvolik qilsa boshqa narsa. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 04:16 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar