Maslahat olish
Assalomu alaykum! Yaqinda Shayx xazratlari nomlari bilan tashkil etilgan kanalda Tasbeh nomazi haqida o‘qidim. O‘qish uchun niyat qildim. Tushunmaganim namozda rukuga ketganimizda Allohu akbar, rukudan ko‘tarilayotganda “SamiAllohu liman hamidah” deymiz. Tasbeh namozida ham ushbu takbir va tasbehlar aytiladimi? 2). Meni 3 o‘g‘lim bor. Namoz o‘qib turganimda, duo qilgan paytlarimda yonimga kelib o‘tirishadi. Ba’zida joy namoz to‘shab bilganlaricha menga qarab ibodat qilishadi. Katta o‘g‘lim Qur’on suralaridan mendan ko‘p biladi. 1-sinfda o‘qiydi. Qolgan ikki o‘g‘lim bog‘chaga boradi. Farzandlarimni yonimga olib namoz amallarini bajartirmoqchiman. Tahorat olishlari joizmi ularni ham. Kun sovuq bo‘lgani uchun kasal bo‘lmasin deyman. 3). «Allohumma, ajirniy minan-naar» deb namoz tugab ikki elkaga salom bergandan so‘ng aytish kerakmi yoki 3 marta Astag‘firulloh va Allohumma antas salam va minkas salom deb aytgandan so‘ng aytish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha aytilinadi. 2). Tahorat shart emas. 3). Ha. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha aytilinadi. 2). Tahorat shart emas. 3). Ha. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar