Go‘daklarda bosinqirash

Assalomu alaykum! Bizning 1 yosh 7 oylik o‘g‘il farzandimiz deyarli har kuni uyqusida bosinqirab, yig‘lab chiqyapti. Dam solib qo‘ysam ham foyda bermayapti. Nima chora ko‘rsa bo‘ladi? Bu ketishda qo‘rqoq bo‘lib qolishidan, vahima kasalini orttirib olishidan xavotirdaman. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِي اللهُ عَنْهُم: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يُعَلِّمُهُمْ مِنَ الْفَزَعِ كَلِمَاتٍ: أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ غَضَبِهِ وَشَرِّ عِبَادِهِ، وَمِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ، وَأَنْ يَحْضُرُونِ. وَكَانَ ابْنُ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ يُعَلِّمُهُنَّ مَنْ عَقَلَ مِنْ بَنِيهِ، وَمَنْ لَمْ يَعْقِلْ كَتَبَهُ فَأَعْلَقَهُ عَلَيْهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَأَحْمَدُ Amr ibn Shu’aybdan, u otasidan, u bobosi roziyallohu anhumdan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga qo‘rquvda o‘qiladigan kalimalarni o‘rgatar edilar: «A’uzu bikalimaatillahit-taammati min g‘azabihi va sharri ibaadihi va min hamazaatish-shayatiyn. Va an yahzuruuni». Ibn Umar bularni bolalaridan aqli kirganlariga o‘rgatar, aqli kirmaganlariga yozib, ilib qo‘yar edi». Abu Dovud, Termiziy, Hokim va Ahmad rivoyat qilganlar. Sharh: Duoning ma’nosi bunday: «Allohning tugal kalimalari ila Uning g‘azabidan, bandalarining yomonligidan va shaytonlarning qalbga soladigan xatarlaridan va ularning menga hozir bo‘lishlaridan panoh so‘rayman». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar