Saxarlikning oxirgi vaqti

Assalomu alaykum! Men bir necha yillar oldin shu portaldan saharlikning oxirgi vaqti haqida bir masala o‘qigan edim. Unda yozilishicha, saharlikning oxirgi vaqti bomdod vaqti kirishiga “Baqara”ni o‘qiganchalik vaqt qolganda deyilgan edi. Vallohu a’lam. “Baqara”ni o‘qish vaqti 50 daqiqa deb olinib, bomdoga o‘shancha vaqt qolganda eb-ichish to‘xatiladi degan tushuncha bor edi. Vallohu a’lam. O‘sha savol-javobni izlab topa olmadim. Agar xotiram pand bermay to‘g‘ri taxmin kilayotgan bo‘lsam. Shuni ssыlkasini ko‘rsatvorsangiz yoki takroriy javob bersangiz. Musofirchilikda yuribmiz, birodarlarimiz bilan shu masalada biroz kelishmovchilik bo‘lmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga eng ehtiyot yo‘lini o‘rgatamiz. Telefon yoki planshetdan  https://www.islamicfinder.org/ saytiga kirib, birinchi yozadigan joyiga turgan shahringizni nomini yozib, “Nastroyka”sini “Juristic settings” degan joyiga “Hanafi”ni tanlaysiz. Yonidagi “Calculation method” degan joyiga “Karachi”ni tanlaysiz. Shunda namoz vaqtlarini chiqarib beradi. Yoki yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri https://www.islamicfinder.org/world/uzbekistan/ ga kirsangiz Toshkent shahrini chiqarib beradi. O‘shanga qarab saharlikni qilinglar, bamdodni esa eng kamida 30 minut o‘tkazib o‘qinglar. Shunda ehtiyotini, ya’ni afzalini qilgan bo‘lasizlar. O‘zingiz shunday qilganingizdan keyin boshqalarni malomat qilmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 136 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar