Musallas haqida
Assalomu alakum! Meni bir yoshi katta bobom, so‘rab berishimni iltimos qildi. U kishi tabibga borgan ekan dori sifatida har xil giyohlar qo‘shilgan musallas beripti. Bir kunda bir marta ovqatdan oldin bir osh qoshiqda ichishini tafsiya qilibdi. U qonni ko‘paytirar ekan. Shu musallasni dori sifatida ichish joyizmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Xamr haromdir. U qaynatilmagan, xom holatdagi uzum suvining bijg‘ib, kuchayib, ko‘pirganidir. Shuningdek, tilo ham. U ham uzum suvi bo‘lib, pishirilganda uchdan ikkisidan ozi ketganidir. Ikkisi ham najosati g‘alizadir.
Xamrning haromligi kuchlidir va faqat uni halol sanagangina kofir bo‘ladi. Xamr biror muolaja bilan sirkaga aylantirilsa, bu sirka halol bo‘ladi.
Endi «Muxtasari Viqoya»da kelgan matnlarni sharh qilishga o‘taylik.
Xamr haromdir. U qaynatilmagan, xom holatdagi uzum suvining bijg‘ib, kuchayib, ko‘pirganidir. Shuningdek, tilo ham. U ham uzum suvi bo‘lib, pishirilganda uchdan ikkisidan ozi ketganidir. Ikkisi ham najosati g‘alizadir.
Ya’ni xamr va tilo ikkisi ham engil najosat emas, og‘ir najosatdir.
Tilo – musallas bo‘lib, u harom bo‘lishi uchun shakar solinmagan, bijg‘ib, kuchayib, ko‘pirgan bo‘lishi shart.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam.
30 Aprel 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 191 | Tabobat