Sunnat amalni tiriltirish

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazartalar­i.Agar sunnat amalini tiriltirayo­tgani uchun din dushmanlari­ tomonidan qatl qilinsa, uning hukmi qanday bo‘ladi?Javobingiz­ uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qatl qilish xavfi bo‘lsa, sunnat amalni tiriltirishga harakat qilmaslik tavsiya qilinadi. Hatto farz amalni ham qilishni tark etishga ruxsat bo‘ladi. Ammor ibn Yasir roziyallohu anhu sirtdan kufr so‘zini aytishga ham majbur bo‘lganlar va buni Alloh taolo O‘zi Qur’oni Karimda ma’qullagan.

5 May 2022, 02:35 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar