O‘g‘rini o‘ldirib qo‘ysa
Bir musulmonni uyiga o‘g‘ri tushsa va uy egasi mulkini ximoya qilaman deb o‘lsa nima bo‘ladi? Agar uy egasi uyiga tushgan o‘g‘rini o‘ldirib qo‘ysa hukmi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Holatni o‘rganish kerak. Ish u darajaga boradiganmidi yoki undan ozi bilan ham bitarmidi. Har bir kirgan o‘g‘rini o‘ldirib qo‘yish degan narsa yo‘q. Jonini saqlash maqsadida biror ish qilib o‘limga sabab bo‘lsa, o‘zi bilan Alloh taoloning o‘rtasida qiyomatda javob bera oladigan bo‘lishi kerak. Bu kabi ishlar qozi tomonidan hal qilinadi. Ammo hozirgi kunda buni aniqlashning iloji mushkul. Chunki bu tashqarida o‘ldirib, uyimga o‘g‘rilikka tushgandi deb bahona qilishga olib borib qo‘yadi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 02:04 | Savol-javoblar | 151 | Aqiyda