Haqdor insonlarga

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, men o‘smirlik paytimdan beri savdo bilan shug‘illanaman. Xaridorlar bazi paytlari sotib olgan narsalarini unutib qoldirib ketishadi, xozir shunday xolat yuz bersa egasi so‘rab kelgunicha asrab olib qo‘yaman. Agar ancha muddat egasi kelmasa o‘sha narsani qiymaticha pulni exson qilib egasini haqqiga atayman. Avvallari e’tiborsizligim sababli qoldirilgan narsalarga jiddiy qaramas edim, ba’zi paytlari o‘sha narsalarni o‘z tovarlarimga qo‘shib sotib yuborgan bo‘lishim xam mumkin. Boshqalarni xaqqidan juda qo‘rqaman. Meni anchadan beri bir narsa qiynayapti, menda kimnidir xaqqi qolib ketgan bo‘lsa qiyomatga qolishini xoxlamayman. Bir narsani o‘ylab qoldim, imkon topganda muxtoj oilalarga exson qilib menda xaqqi qolib ketgan insonlarga atab yuborsam joiz bo‘larmikan. Shu masalada yordam beringlar aziz ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ularning nomidan sadaqa qilsangiz bo‘ladi.  Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:35 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar