Hadichami yoki Hadija
Assalomu alaykum! Bilamizki Hadicha ismi eng mashxur onalarimizdan bo‘lmish Hadichai Kubroni ismlaridan olingan. Shunday bo‘lsada bu ismni ma’nosini lug‘atga qaridigan bo‘lsak chala tug‘ilgan degan ma’noni bildirar ekan. Bir ko‘rinishda bu ism salbiy ma’noni ifodalab kelyapti. Yana shuniyam bilamizki Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon salbiy ismlarni ko‘rsalar darhol ijobiy tomonga o‘zgartirganliklari ma’lum va mashxur. Bu ismni qiz farzandlarimizga ishlatsak bo‘ladimi, bunda ma’nosiga e’tibor beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ismning asli Hadiyja bo‘lib, vaqtidan oldin tug‘ilgan ma’nosini bildiradi. Bu narsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda salbiy tuyulishi mumkin, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan vahiy nozil qilinganda Jabroil alayhissalom o‘zgartirmasdan salom yo‘llaganlar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham o‘zgartirmagan bo‘lishlari mumkin. Bunday o‘rinlarda nomning ma’nosiga emas kim tomonidan tilga olinganligi qaralinadi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa Abu Hurayra mushukning otasi ma’nosini bildiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayrani o‘zlari kunya qilib berganlar. Burni puchuq so‘zi aslida ermaklash hisoblanadi, lekin er shu so‘zni ayoliga aytsa erkalatish bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 199 | Bola tarbiyasi