Inoyatmi yoki folmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar meni bir do‘stim bor, avallari rosa kasal bo‘lib davolandi tuzalmadi. O‘sha vaqtlar aytar edi sham yoqib qarasam hamma ko‘rinadi deb. Yaqingacha shu ahvol davom etdi, keyin bir kishi aytibdi masjiga borib qo‘l olishing kerak deb. U masjida borib bor narsani qori akaga aytib bergan keyin qori aka 7ta shirinlik hamda tasbeh olib kelishini aytgan. U olib boribdi kiyin Qur’ondan uqib do‘stimga hamda bir idishdagi suvga dam solib berib duo qilib qo‘liga tuflabdi. Keyin boshqa sham yoqmang xalqqa xolis xizmat qiling debdi. Bu do‘stimga berilgan Allohning inoyatimi yoki folmi? Uni aytishi boyicha xech narsa kelib xabar bermas ekan. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan narsa dinimizda umuman yo‘q. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 152 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar