Femoston dorisi to‘g‘risida

Muhtaram Men ko‘p yillardan beri befarzandlik borasida davolanaman. Lekin keyingi paytdagi tahlil xulosalariga ko‘ra, menda yoshimga nisbatan ayollarda uchraydigan hayzdan qolish holatining oldinroq boshlanishi kuzatilganligi uchun, sog‘lig‘imda( boshdagi g‘uvillash, birdan terlash, sovuq qotish, qo‘l va oyoq bo‘g‘imlaridagi og‘riqlar, xotiraning pasayishi kabi) jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi. Vrachlar gormonlar o‘rnini bosuvchi dorini tavsiya etishdi. Menda “Femoston” deb nomlanadigan doridan foydalanish borasida shubha tug‘ildi. U gormonal dori vositasi bo‘lib, homilador ayollar va hayvonlar peshobidan ajratib olinar ekan. O‘rganib chiqishim bo‘yicha, uning muqobillari bo‘lgan homilador bo‘lishga yordam beruvchi preparatlar ham, homiladorlikdan saqlanuvchi dorilar ham estrogen degan gormondan iborat bo‘lib, ular ham shu usulda olinar ekan. Tabiiy giyoh vositalarida ularning miqdori juda kam bo‘lib, uning o‘zi bilan davolanish qiyin ekan. Bilmasdan harom dori vositasini iste’mol qilib qo‘ymaymanmi? Ustoz duo qiling, men kabilarning barchasiga Alloh shifo bersin, solih zurriyotlar ato etsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Halol bilan davolanishning imkoni mutlaqo yo‘q bo‘lsa, haromga o‘tishga ruxsat berilgan.

21 Aprel 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 197 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar