U odamni o‘qigan namozi

Assalomu alaykum! Men avval to‘ylarda videoga olish va montaj qilish studiyasida ishlaganman. Keyin shu kanaldan o‘qib bildim, namoz o‘qiydigan odamga mumkin emas ekan. U erning boshlig‘i juda xam mol dunyoni yaxshi ko‘radi. Uy, moshina, pul va xokazo. Men o‘sha erdan ishdan ketishimni avval va xozirgacha u odamga o‘zim olgan bilimlarimni aytib yuraman. Lekin amal qilmaydi. O‘zini juda xam aqlliman deb biladi. Yaqinda o‘sha avvalgi boshlig‘im “Men Namoz o‘qishim kerak” dedi. Men unga “Agar namoz o‘qib to‘g‘ri yo‘lda yurishni xoxlasang hammasidan kech. Agar namoz o‘qib sigaret chekishni to‘xtatmasang, aroq va pivo ichishni to‘xtatmasang, xotining bo‘la turib boshqa qizlarga yomon xayol bilan qarashni to‘xtatmasang befoyda” dedim. Sababi sen shu yurishni xech o‘zgartirmasdan namoz o‘qisang ertaga qaysidir kishiga “namoz o‘qing” desak seni ko‘rsatadi dedim. Men gapni aytishim bilan “Unaqa qilib namoz o‘qigandan o‘qimagan yaxshi” dedi. Men gunoxkar emasmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz avval namozga chaqirishingiz, keyin sekin asta ilm olishga chaqirishingiz kerak edi. Siz xuddi shaytonni ishini qilib o‘shani aytadigan gaplarini gapiribsiz. O‘qib turgan namozini foydasi yo‘q demang. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 01:51 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar