Azonni o‘g‘lim aytsa
Assalomu alaykum! O‘g‘lim 4 yoshda. Azonni yodlab olgan! Tahorat olishni bilmaydi. Men namoz o‘qishimdan oldin azonni o‘g‘lim aytsa bo‘ladimi? Tahorati bo‘lmasa durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Azonning sunnatlari:
1. Muazzin go‘zal ovozli bo‘lishi, baland ovoz bilan azon aytishi.
2. Minorada yoki shunga o‘xshash baland erda tik turib azon aytish.
3. Muazzin hur, balog‘atga etgan, solih, omonatli va namozning vaqtini yaxshi biladigan bo‘lishi.
4. Muazzin pok va tahoratli bo‘lishi lozim.
5. Muazzin ko‘zi ochiq kishi bo‘lishi kerak.
6. Muazzin ikki barmog‘ini ikki qulog‘iga kiritib azon aytishi lozim.
7. Muazzin azonni shoshilmasdan, aniq va dona-dona qilib aytadi.
8. Azon va iqomani qiblaga qarab aytadi.
9. Azonni savob uchun aytish kerak. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 159 | Namoz