Ikki farz namozlarini jamlab o‘qish
Assalomu alaykum! Alloh manashu qilayotgan savobli ishlaringizni bardavom qilsin. Men Amerikaning San Fransisko shahrida tahsil olayotgan musofirman. Bu shahardagi ko‘p musulmonlar boruvchi katta va ishonchli masjidga jamoat namozlariga boraman. U erning Imomlari va masjid asoschilari Yamanlik insonlar va adashmayotgan bo‘lsam ular Shofe’iy masxabidalar. Savolim shundan iboratki, shaharda qattiq yomg‘ir yoqqan vaqtlarda jamoat peshin namoziga asr namozini qo‘shib, Juma namoziga asr namozini qo‘shib yoki shom namoziga xufton namozini qo‘shib o‘qishadi. Bu holat bizning masxabda uchramaydi. Ikkinchi farz namozini boshlab yuborishgan vaqtda jamoatni tark etishni xohlamayman va imkoni ham yoq. 1. Jamoat bilan bu ikkinchi namozni birga o‘qigandan keyin, uyda o‘sha namozning haqiqiy vaqti kirganda qayta o‘qib olishim kerakmi? 2. Bu ikki farz namozlarini yomg‘ir vaqtida jam qilib o‘qish Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarida bor deb eshitdim. Agar shunday bo‘lsa keltirib bera olasizmi iltimos? Mana shunda qayta o‘qishga majburiyat qolmaydi. 3. Agar sunnatda bor bo‘lsa ikki farz namozlari jam qilinganda, peshin va shom namozlaridagi sunnat namozlari qolib ketadi. Bunda qanday yo’l tutishim kerak. 4. Agar sunnatda bor bo‘lsa shom namoziga ozgina kech qolib kelsam, jamoat xufton namozini o‘qiyotgan bo‘lsa qanday yo’l tutishim kerak bo‘ladi. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh Sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz alohida alohida o‘qing. Siz avval shomni o‘qib keyin xuftonni o‘qing. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz alohida alohida o‘qing. Siz avval shomni o‘qib keyin xuftonni o‘qing. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 142 | Namoz