Ololmagan qarzni zakot deb hisoblash

Assalomu alaykum! Bir boy odam birovgalarga qarz moshina yoki bir buyumni 5-6 oyda pulini qaytarishga berdi. 5-6 vaqt o‘tib shu qarzni olgan odam bermadi. Boy odam shu qarzdorlardan undirib ololmadi qo‘lidan xech narsa kelmadi. Bir kun boyni oldiga bir pulga muxtoj qarindoshi noilojlikdan keldi. Qarz berib turing dedi. Boy xozir bergani pulim yo‘q dedi. Shunda qarz so‘rab kelgan odam shunda zakotingizni birovga bermagan bo‘lsangiz shuni bersangiz ham mayli dedi. Shunda boy aytdiki zakotimni birovlarga qarz 5-6da qaytarishga moshina bo‘yum berganman. Shularni pulini ololmayapman, ololmagan pullarni zakot deb kechib yuboryapman deb javob berdi. Savol. qarz bergan pulni zakot deb kechib yuborsa zakoti qabul bo‘ladimi? U zakotim deb aytyapti va muxtojlarga zakotini bermayapti? Xozirgi kunda shunaqa voqealar bo‘lyapti, ya’ni qarz bo‘lib berishmayapti, nima ish qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarz bergan pulni zakot deb kechib yuborsa zakoti qabul bo‘lmaydi. Zakotini berishi farz. Haqqlarini qanday qilib bo‘lsa ham undirib olishi ham vojib. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 158 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar