Taloq tushganmikin
Assalomu alaykum! Oilaliman. O‘g‘lim ham bor. Erim bilan ko‘p janjallashib qolamiz. Janjalimizga sabab ko‘pincha maishat tufayli bo‘ladi. Erim ichadi, saunalada qizlar bilan ko‘p yuradi. Erim bilan urishib “ketaman uyimga talog‘imni bering” desam “xo‘p ketaver”, derdilar. Keyin “shu uydan chiqsang taloq tushsin” derdilar. Oradan 1 oycha o‘tib uydan haydashgani uchun ota uyimga ketdim. Bunda taloq tushgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar aytganingizdek bo‘lsa, bir necha bor taloq tushgan bo‘ladi. Buni jonli majlisda hal qilib olinglar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush