Savdodan ortgan pul

Assalomu alaykum! Bir odam menga "falon narsa sotib olib bergin menga" deb etarli pul bersa, men u narsani savdogar bilan kelishib arzonroqqa olsam, u puldan ortgani menga halol bo‘ladimi? Agar bunisi halol bo‘lmasa biror narsa sotib olsangiz, undan ma’lum bir miqdor qismini o‘zingizga qaytaradigan tizimni topib, u orqali sotib olsam, bunda ham shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Halol bo‘lmaydi. 2). Bu ham halol bo‘lmaydi. Ikkisi ham pul egasining haqqi hisoblanadi. Ko‘cha tilidagi otkat deb nomlanuvchi pullar pul egasining mulki hisoblanib, egasiga qaytarilishi shart. O‘rtada turgan odam xizmat qilgani uchun pul egasi bilan kelishilgan haqni olishi mumkin. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar