Qadar va inson amali to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Muxtaram ustozlar Uboda ibn Somit roziyallohu anhu o‘z o‘g‘liga nasihat qilib "Sen o‘zinga etgan narsa seni chetlab o‘tmasligini, o‘zingni chetlab o‘tgan narsa esa senga etishi mumkin emasligini bilmaguningcha iymon haqiqati ta’mini topa olmassan" deganlarini o‘qidim. Shu bilan birga juda ko‘p mav’izalarda "Sizga yozilgan narsa sizdan o‘zgaga bormas va sizga yozilmagan narsa esa sizga kelmas" mazmunidagi gaplarni eshitamiz. Yana boshqa o‘rinlarda "Xarakat qilmasdan Alloh beradi degan odam aqli pasdir, dangasadir" degan gaplarni eshitamiz, sabablarni ushlashga buyurilganligimiz haqida maslahatlar olamiz. Men yuqoridagi 2 xil tushunchani vasatiy yo‘lini ushlashlikda, tushunishlikda qiynalyapman. Oldimdan bir ish chiqsa, gohida Alloh yozgan bo‘lsa shu menga etib keladi deb xarakatdan chekinib, dangasalik qilyapmanmi? Iltimos ustozlar "Alloh yozgani bo‘ladi" va "Sabablarni ushlab, harakat qilishim kerak" degan tushunchalarni o‘rtasini ushlashligimda o‘z maslahatlaringizni ayamasangizlar, biroz kengroq tushuncha bersangizlar. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz "Alloh yozgani bo‘ladi" va "Sabablarni ushlab, harakat qilishim kerak" degan ikki so‘zni jamlang. Ya’ni “Sabablarni ushlab, harakat qilishim kerak, lekin nima qilsam ham Alloh yozgani bo‘ladi” deb e’tiqod qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 23:06 | Savol-javoblar | 147 | Aqiyda