Birovning haqqimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim uzunroq bo‘lsa avvaldan uzr so‘rayman. Men bir katta firmada omborda oddiy ishchi bo‘lib ishlayman. Ishxonamizga chet eldan mahsulotlar keladi. Ishxonamizda ana shu mahsulotlarni mijozga eltib beruvchi ishchilar bor. Mahsulotlar karton qutilarda keladi. O‘sha karton qutilar ham pul turadi. Lekin bizdan mahsulot olayotgan mijozlar qutilar uchun pul to‘lashmaydi. Xo‘jayinlar bizga ana shu qutilardan ma’lum miqdorini o‘zimizga olib qolishimizga ruxsat berishgan. Biz o‘sha miqdordan oshig‘ini olib qolmaymiz va eltib beruvchilarga beramiz, lekin eltib beruvchilar bizdan hamasini talab qilishadi. Chunki ular qutilarni o‘zlariga olib qolib sotishadi. Biz xo‘jayinlar ruxsat berganini aytsak ba’zida norozi bo‘lishadi. Savolim shuki ularni norozi bo‘lishga haqlari bormi? Biz birovni norozi qilib pul topmayapmizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu erda kim haq kim nohaqligini biz ajratolmadik. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar