Psixalogiya
Assalomu alaykum! Tibbiyot institutida o‘qiyman. Bazi bir kasalliklar psixalogiya o‘zgarishidan kelib chiqar ekan. 50% kasalliklar psixika o‘zgarishidan kelib chiqar ekan. Magistraturaga "Tibbiy psixalogiya" da o‘qisam shariatga to‘g‘ri keladimi? Valeriy Sinelnikov "Dardingni sev" asarida kasalliklar ong ostiga bog‘liq xolatda davolar ekan. Rak kasalligini xam dinda Allohdan so‘rashga buyurilganmiz. Shu kitoblarni o‘qish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz psixologiya fani bilan yaxshi tanishib chiqdik. Har bir o‘lkaning psixologiya ta’limoti o‘z diniga bog‘langan shaklda o‘rgatilar ekan. Masalan xitoyliklar buddaviy diniga bog‘lab, hindistonliklar krishnya va shu kabi butlarga bog‘lab, evropa nasroniylik diniga bog‘lab, amerika va kanada kabi maslakatlar Tavrot va Zaburga bog‘lab o‘rgatishar ekan. Ming afsuski bularning barchasida foyda borligi bilan birgalikda shirkka chaqiruvchi falsafa ham bor ekan. Alhamdulillah yoshligidan dinni mahkam ushlab, keyin falsafa fanini o‘qiganlar ham bor ekan. Ular qaysi o‘rinda iymon e’tiqodga zid holatlar borligini ajratisha olishar ekanlar. Shunday insonlardan o‘qisangiz mayli. Chunki hikmat mo‘minning yo‘qotgan narsasi, qaerda bo‘lsa ham olishga eng haqli inson hisoblanadi. Qolaversa chuqur e’tibor qaratsak ular bu falsafani Qur’on va hadisdan olganliklari namoyon bo‘lmoqda. Ular buni izhor qilmaslik maqsadida ularga turlicha atamalar va chalg‘itish uchun ko‘plab falsafalarni tiqishtirishar ekan. Siz psixologiyani ham o‘qing Islom aqiyda va falsafasiga tegishli fanni ham o‘qing. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 156 | Tabobat