Duoda salovat aytish to‘g‘risida xadis
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Xibbon ibn Munqis r.a. rivoyat qilingan xadisda «Bir kishi kelib "Ey Allohning Rasuli duoyimni uchtan birini sizga salovat aytishuchun ajratayinmi? dedi. U zot "Agar xoxlasang mayli" dedilar. "Uchtan ikkisini ajratsamchi ?" dedi. U zot "Mayli" dedilar. "Xammasini ajratsamchi" dedi. U zot "Unda dunyo va oxiratingdagi tashvishinga Alloh kifoya qiladi" dedilar. Bu xadisga qay darajada amal qilsak bo‘ladi? 5 maxal namozda va boshqa payitlardaxam shunday qilinsa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shak shubhasiz amal qilinaveradi. Hadisdan namozdan tashqarida salovat aytish nazarda tutilgan. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytsa o‘zi uchun Alloh taolo tarafidan 10ta rahmatni jalb qilgan bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ صَلَّى عَلَيَّ وَاحِدَةً صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ عَشْرًا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim menga bir marta salovot aytsa, Alloh unga o‘n marta salovot aytadi», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilganlar.عَنْ حُسَيْنِ بْنِ عَلِيٍّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْبَخِيلُ الَّذِي مَنْ ذُكِرْتُ عِنْدَهُ فَلَمْ يُصَلِّ عَلَيَّ Husayn ibn Ali roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning huzurida men zikr qilinsam-u, u menga salovot aytmasa, o‘sha odam baxildir», dedilar».
Lekin shuni yaxshi bilinki, amallarni Allohning roziligi uchun qilish kerak. “Shunday qilsam menga dunyo yog‘ilib kelar ekan” degan niyatda qilmaslik kerak. U siz ham salovat aytilingandan keyin Allohning rahmati yog‘ilib kelaveradi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 02:07 | Savol-javoblar | 173 | Hadislar